4XCGla16214302215044 b

19 may kuni “Metal Processing” MChJ 2021 yil fevral oyida tashkil etilgan O’zbekiston-Ukraina ishbilarmonlar kengashining birinchi yig’ilishida ishtirok etdi. Ukraina tomonida tadbirda Ukraina tashqi ishlar vazirining o’rinbosari Yevgeniy Yenin, Ukraina Savdo-sanoat palatasi prezidenti Gennadiy Chijikov va Ukrainadan O’zbekiston-Ukraina ishbilarmonlar kengashining hamraisi Oleg Revchuk ishtirok etishdi.

 Oʻzbekiston tomonida Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Furqat Sidiqov, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va Oʻzbekistondan Oʻzbekiston-Ukraina ishbilarmonlar kengashining hamraisi Zafar Xashimov ishtirok etishdi. Adham Ikromov salomlashish chog’ida ikki mamlakat hududida savdo uylarini ochishda yordam berishni va ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.