Koronavirus pandemiyasining dunyoda, xususan, mamlakatimizda avj olishi, metallni qayta ishlash sanoatining rivojlanish tendentsiyalarini yana bir bor qayta ko’rib chiqishga majbur qildi. Ko’pgina chakana savdo korxonalari, yirik va o’rta korxonalar minglab xodimlarini ishdan bo’shatishga majbur bo’ldilar.

Pandemiya oqibatlarini yumshatish va JSSTning barcha tavsiyalariga rioya qilish bo’yicha hukumat tomonidan o’z vaqtida qabul qilingan chora-tadbirlar tufayli Metal Processing o’z faoliyatini davom ettirdi. Yuqtirish xavfini bartaraf etish maqsadida korxonaning har bir xodimiga sanitariya me’yorlariga rioya qilish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.