Hurmatli biznes hamkorlar, hamkasblar, o’rtoqlar!
«Metal Processing» 2018 yilning 12-iyulida «Rieter Uzbekistan» kompaniyasining tashabbusi, qo’llab-quvvatlashi naijasida va mahalliy yetqazib beruvchilarni yaratish va ularni rivojlantirish strategiyasining bir qismi sifatida tashkil etildi. Bizning korxona bugungi kunda metal listlardan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun eng ilg’or va zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. «Metal Processing» mahsulotlarni loyihalashtirishdan to uni ishlab chiqarishgacha bo’lgan texnologik jarayonlarni to’liq amalga oshirishga imkon beruvchi kuchli texnik-muhandislik bazasiga ega. Korxonada metal mahsulotlarni bo’yashning texnologik jarayonlarini nazorat qilish uchun labaratoriya bilan jihozlangan bo’lib, o’zining kukunli bo’yash liniyasiga ega, hamda ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifat nazorati o’rnatilgan.
Korxonamiz Shvetsariyaning “SkillSonics International AG” kompaniyasining mutaxassilari bilan bir qatorda malaka oshirgan, o’z kasbining sir-asrorlarini puxta va mukammal egallagan, saralangan mutaxxassislar jamlangan mehnat jamoasiga ega. Buning uchun SkillSonics kompaniyasi korxonamizning har bir bo’limi uchun induvidial o’quv va malaka oshirish modulini ishlab chiqqan. Sizlarni o’zaro manfaatli hamkorlik qilishga taklif qilamiz va barcha mahsulotlarimiz sizlarga uzoq yillar mobaynida xizmat qilishiga umid qilamiz.