TruPunch 1000 metalni zarbalash yordamida kesish va ishlov berish uchun a’lo darajadagi uskuna. Pres ishlov berishda yuqori darajadagi universalligi bilan ajralib turadi. Bu uskuna nafaqat zarbali kesish, balki rezba ochish va plastinalarni bukish kabi imkoniyatlarga ham ega. O’rta formatdagi metal listlarni bir qisqich orqali to’liq oxirigacha ishlov berish imkonini beradi va qo’shimcha ushlab turish moslamalarini talab qilmaydi.

TruPunch 1000 – qalinligi 6,4 mm gacha bo’lgan listlarni, daqiqasiga 600 gacha yurish tezligi bilan ishlov bera oladi. Intuitiv boshqaruv tizimi oddiy va murakkab qismlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Uskunaning ish maydoni qo’shimcha qisqichlarsiz, bir qisqich orqali 1250 x 2500 mm bo’lgan listga ishlov berish imkon beradi. TruPunch 1000 uskunamiz borligi sabab, mijozlarimizga yuqori sifatda metal listlarga ishlov berishga kafolat beramiz

 

«TruPunch 1000» ning texnik imkoniyatlar