Vallar yordamida shakl berish uskunasi – turli xil metallarni bukish uchun universal uskuna. Ushbu uskuna metalni bukish va shakl berish uchun mo’ljallangan bo’lib, ishlov berilayotgan qismlarga silindrsimon, konus va yassi shakllar  bera oladi.

Metal listlarga vallar yordamida shakl berish maxsus uskunada amalga oshiriladi. Bu uskuna yordamida metal listlarni radius ostida, silindr yoki konus shaklida bukish yoki tekislash mumkin.

Ushbu ishlovlardan so’ng, metal listlar o’z sifatini va boshqa jismoniy xususiyatlarini yo’qotmaydi. Belgilangan parametr va xususiyatlarga ega yangi mahsulot chiqadi.

  • Maksimal xomashyo uzunligi – 2000 mm
  • Maksimal metall qalinligi – 5 mm
  • Vallat yordamida bukishning minimal diametri – 190 mm