Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz)

12-iyul, 2018 yil

Toshkent shahrida yuqori texnologiyali metallni qayta ishlash  QK «Metal Processing» MChJ zavodining ochilishi bo’lib o’tadi. Bu haqda «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mahalliy «Metal Processing» kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan metalni qayta ishlovchi zavod, iste’molchilarning murakkab detallarni ishlab chiqarish va kichik xususiy yechimlar kabi ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan. So’nggi uskunalar va metal listlarni qayta ishlash texnologiyalarga qilingan investitsiyalar iste’molchilar uchun shvetsariya sifati, raqobatbardosh narxlari va o’z vaqtida yetqazib berish jihatlaridan ma’qul bo’ladi.

Loyiha O’zbekiston Respublikasi Hukumati, «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» Uyushmasi, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va boshqa idoralar ko’magida amalga oshirildi.O’zbekistonda metallga ishlov berish loyihasining ishga tushirilishi, metalni qayta ishlashda yangi davrning boshlanishi demakdir. Bu mamlakatdagi Rieter mashinalarining mahalliylashtirishdagi muhim qadam emas, nafaqat O’zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda zamonaviy metalga ishlov berish sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo’shmoqda.

Mahalliylashtirish darajasini oshirish va importni qisqartirish  maqsadida «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» Uyushmasi, «Rieter AG» bilan birgalikda federal iqtisodiyot, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Johann Shnayder Amman boshchiligidagi Shveytsariya delegatsiyasini 12-13 iyulda 2018 yil O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Shveytsariyaning Iqtisodiyot, ta’lim va ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha federal vaziri janob Ixann Schneider-Amman boshchiligidagi Shveytsariya delegatsiyasi Yevropaning eng zamonaviy uskunalaridan foydalangan holda, yuqori aniqlikdagi metall qismlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan metalga qayta ishlov berish zavodining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ochilish marosimida Shveytsariyaning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olivye  Shav janob oliylari,  iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish  masalar bo’yicha davlat kotibiyati boshqarmasi boshlig’i, elchi SECO janob Reymund Furrer ishtirok etadi. Iqtisodiy masalalar bo’yicha yevropa va markaziy osiyo ikkitomonlama iqtisodiy hamkorlik boshqarmasi bo’lim boshlig’i  SECO Toni More, Shveytsariya biznes federatsiyasi «Economiesuisse» prezidenti Hayns Karrer, «Rieter Management AG» kompaniyasi kotibi va bosh maslahatchisi (to’qimachilik mashinalari ishlab chiqarish) Anvander Tomas va boshqalar.

Yangi korxonaning ochilish marosimida O’zbekiston tomondan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, «O’ZTO’QIMACHILIKSANOAT» Uyushmasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsiya rivojlantirish vazirligi, to’qimachilik, tikuvchilik va trikotaj maxsulotlari ishlab chiqaruvchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.