Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz)

2018 yil 12-iyulda Toshkentda yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan QK «Metal Processining», metallni qayta ishlash zavodining ochilish marosimi o’tqazildi.

Zavod to’qimachilik uskunalari uchun, hamda avtotransport sohasida ishlatiladigan ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi.

Loyiha Rieter AG kompaniyasi ishtirokida amalga oshirildi. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar miqdori taxminan 4 mln. AQSh dollarini tashkil etadi.Kompaniya mashinasozlik sanoati uchun har qanday murakkablikdagi  turli qismlarini ishlab chiqarish va yiliga 760 tonna metallni qayta ishlash quvvatiga ega.

Texnologik liniya qalinligi 1 mm dan 12 mm gacha bo’lgan metal listlarga ishlov berish imkonini beradi va quyidagilarni o’z ichiga oladi: tayyorlov qismi, yuqori aniqlikdagi lazerli kesish, payvandlash, kukunli bo’yash liniyasi va sifat nazorati.

Rejaga asosan, birinchi navbatda 1000 yaqin ishlab chiqarilgan komponentlar XK “Rieter Uzbekistan” ga yetqazib beriladi.

Joriy yilning oxiriga qadar «Riter-O’zbekiston» XK uchun to’qimachilik uskunalarini ishlab chiqarish uchun 155 dona uzel yoki 755 turdagi turli qismlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Bu nafaqat Respublikada Rieter uskunalarini lokalizatsiya qilishning muhim qadami, nafaqat O’zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda zamonaviy metalni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga ham katta hissa qo’shmoqda. So’nggi uskunalar va metal listlarni qayta ishlash texnologiyalarga qilingan investitsiyalar mashinasozlik sohasidagi iste’molchilar uchun shvetsariya sifati, raqobatbardosh narxlari va o’z vaqtida yetqazib berish jihatlaridan ma’qul bo’ladi.

Loyiha birinchi navbatda ichki bozorning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ammo 2020 yildan keyin (sifatni barqarorlashtirishdan, xarajatlarni optimallashtirishdan keyin) eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Tadbir davomida «Uzbekyengilsanoat» uyushmasi rahbariyati va respublika hukumati, uskunalar parkini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va ularni modernizatsiya qilish bo’yicha barcha choralar ko’rilganini ta’kidlab o’tildi. So’nggi 10 yil ichida ishlab chiqarish quvvati 100 foizga ko’tarildi. Sanoat korxonalarida mahsulotlarning sifatini yaxshilash va ularning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga yordam beruvchi so’nggi avlod uskunalarini o’rnatdi.

http://plainnews.ru/tag/uzbekistan