Yangi avlodga g’amxo’rlik!

Xuddi shu shior ostida yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun mo’ljallangan inkubatorning tag qismiga mobil qurilma taqdimoti, 15-fevral kuni «Hyatt Regency» mehmonxonasida o’tkazilgan tibbiyot neonatologlari seminarida bo’lib o’tdi.

Shunday qilib, mamlakatimiz tibbiyotini rivojlantirishga o’z hissamizni qo’shishga qaror qildik va mutaxassislarimiz yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun inkubatorning tag qismiga maxsus mobil qurilmani ishlab chiqdilar.

Mobil qurilma sifatli uglerod tarkibli po’latdan tayyorlangan bo’lib, kukunli bo’yoqda bo’yalgan va bu uning sifat darajasining yanada oshishiga yordam beradi, aynan:

 

  • ishqalanishga qarshi chidamlilik, kimyoviy eritmalarga va atmosfera omillar ta’siriga chidamlilik;
  • yong’in xavfini kamaytiradi;
  • deyarli kimyoviy hid yo’q.

Yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun inkubator tag qismi mobil qurilmasi stopperli g’ildiraklari bilan jihozlangan bo’lib, ular qurilmaning yanada barqaror va chidamli bo’lishiga imkon beradi. Chaqaloq parvarishi uskunalarini saqlash uchun ikkita ishchi javon mavjud. To’liq mahalliy tarzda ishlab chiqarilgan!

Mobil qurilmamizning yana bir shubhasiz afzalligi shundaki, u mahalliy ishlab chiqarilgan bo’lib, transport, boshqa mamlakatdan yetkazib berish va bojxona xarajatlari uchun qo’shimcha xarajatlarni talab qilmaydi. Biz har qanday modifikatsiyali va bizning tibbiyotimizning har qanday talablariga javob beradigan mobil qurilmalarni ishlab chiqarishimiz mumkin.

Mamlakatimizning’o’sib kelayotgan yangi avlodining sog’lom o’sib borishini ta’minlash maqsadida biz o’z ishtirokimizni, mas’uliyatimizni his qilamiz va shu narsada biz o’z burchimizni va ijtimoiy mas’uliyatimizni ko’rmoqdamiz.