Kompaniyamizning ijtimoiy siyosatining muhim qismi ijtimoiy va xayriya dasturlari hisoblanadi. Bizning jamiyatimizda faol ishtirok etish orqali biz uzoq muddatli muvaffaqiyatli rivojlanish uchun sharoit yaratmoqdamiz. Shuningdek, Toshkent aholisining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator ijtimoiy tadbirlarni o’tkazishni rejalashtirmoqdamiz.

Ishonamizki, kompaniyamizning  shuhrati va boyligi doimo insonlar  bo’lib qoladi. Agar kompaniya odamlarga g’amxo’rlik qilsa, ular o’z vazifalarini bajarish uchun ko’proq mas’uliyat bilan javob qaytaradilar. Zero, yaxshi ma’lumki, ishlab chiqarish ko’rsatkichlari va ijtimoiy siyosat uzviy bog’liqdir. Shuning uchun bizning ijtimoiy siyosatimizning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir: tibbiy yordamni tashkil etish, normal ovqatlanish va dam olish, zavod ishchilari uchun sport va madaniy tadbirlar, xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda, ularning kasbiy va martabaviy mahoratini o’sishiga ko’maklashish.