Main Menu

Bizning uskunalarimiz

«Metal Processing» korxonasi o’zida mavjud uskunalardan foydalanib, mashinasozlik sanoatida ishlatiladigan metal konstruksiyalar, butlovchi qismlar va turli xil dekorativ metal buyumlarni yasash imkoniyatiga ega.

Korxonaning ishlab chiqarish liniyasi quyidagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan:

  • Laserli kesish qurilmasi BYSTRONIC BYSPRINT FIBER 3000 qo’shimcha Power Cut Fiber, Cut Control Fiber, Detection Eye funktsiyalari bilan;
  • Kordinatali – Zarbali orqali kesish presi TRUPUNCH 1000;
  • Bukuvchi pres BYSTRONIC XPERT 200;
  • Yarim avtomatik bo’yash liniyasi Komby

Laserli kesish qurilmasi Bystronic BySprint Fiber 3000
Mavjud BYSTRONIC FIBER 3000 uskunasi 20 mm qalinlikgacha bo’lgan metal listlar bilan ishlay oladi, Power Cut Fiber, Cut Control Fiber, Detection Eye qo’shimcha funktsiyalari esa jarayonlarni avtomatlashtirish, yuqori aniqlikdagi detallarni va murakkab shakllarni kesish imkoniyatini beradi. Kesishdagi tozalik metalni keyingi bosqichlardagi qayta ishlash xarajatlarini minimallashtiradi.

Lazerli kesish qurilmasidagi metalni kesih jarayoni

Kordinatali – Zarbali orqali kesish presi TruPunch 1000
Metalni zarbalash yordamida kesish va ishlov berish uchun a’lo darajadagi uskuna. Pres ishlov berishda yuqori darajadagi universalligi bilan ajralib turadi. Bu uskuna nafaqat zarbali kesish, balki rezba ochish va plastinalarni bukish kabi imkoniyatlarga ham ega. O’rta formatdagi metal listlarni bir qisqich orqali to’liq oxirigacha ishlov berish imkonini beradi va qo’shimcha ushlab turish moslamalarini talab qilmaydi.

Metalga presda ishlov berish jarayoni

Bukuvchi pres BYSTRONIC XPERT 200
Zamonaviy yuqori aniqlikdagi bukish uskunasi «BYSTRONIC XPERT 200» yuqori aniqlikdagi va mukammal sifatda metal listlarni bukish imkonini beradi. O’zining kompensatsion tizimi  Xpert real vaqtdagi rejimi tufayli, operatorning tajribasidan qat’i nazar, juda yuqori darajadagi pozitsion takrorlash ko’rsatadi. Muvaffaqiyatli bukish natijalari avtomatik dinamik bombing tizimi bilan Pressure-Reference texnologiyasi yordamida erishiladi.

Yarim avtomatik bo’yash liniyasi Komby
Qismlarni bo’yash uchun «Komby» maxsus bo’yoq xonasi bilan jihozlangan texnologik uskunamizdan foydalanamiz, bu o’lchamlarni quyidagicha bo’lgan qismlarni bo’yash imkonini beradi: uzunligi 3m, eni1,5m, balandligi 2m, bo’yoq qalinligi esa 70-100 mkm gacha bo’lgan qoplama hosil qiladi.